14 sen 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin va Alvares ko'z urishtirishga rozi bo'lishmadi
Kecha AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida Gennadiy Golovkin hamda Saul Alvares o'rtasida ertangi jang oldidan yakuniy matbuot anjumani o'tkazildi.
Qozog'istonlik bokschi ayni paytda o'rta vazn toifasida WBC, WBA (Super) hamda IBO yo'nalishlari chempioni bo'lib turibdi. Meksikalik Saul “Kanelo” Alvares esa Golovkinning chempionlik kamarlariga davogar hisoblanadi.
Kechagi marosimlar doirasida ko'z urishtirish jarayoni ham bor edi. Lekin bokschilar ananaviy hisoblangan ushbu tadbirdan voz kechishdi. Ular imkon qadar yuzma-yuz kelib qolishdan o'zlarini tiyishdi. Golovkin - Alvares jangida o'rtaga Golovkinga tegishli barcha chempionlik kamarlari qo'yiladi.
Havola :
Fikrlar