19 sen 07:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin va Alvaresni chetlatishdi
Nevada shtati Atletik komissiyasi (NSAC) Saul Alvares va Gennadiy Golovkinni vaqtinchalik janglarni o'tkazishdan chetlatdi.
Bu chetlatish odatiy jarayon bo'lib, bokschilarning jangdan keyin tiklanib olishlari uchun imkoniyat yaratib berishni ko'zda tutgan. Golovkin 31 noyabr, Alvares esa 15 noyabrgacha jang o'tkaza olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Alvares revansh jangida Golovkinni ochkolar (115:113, 115:113, 114:114) hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, qozog'istonlik bokschiga tegishli barcha chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar