23 may 10:06
Yangiliklar
Golovkin va Derevyanchenkoning vakillari IBF ofisida 4,5 soat muzokara o'tkazishdi
Kecha har ikki bokschining rasmiy vakillari AQSHning Nyu-Jersi shtati Springfild shahrida joylashgan Xalqaro boks federaciyasi (IBF) shtab-kvartirasida uchrashishdi. Muzokara 4,5 soat davom etgani aytilmoqda.
Uchrashuvda har ikkala bokschidan tashqari, qozog'istonlik chempionning murabbiyi Abel Sanches, uning yuristlari Pet Inglish va Ron Dinikol, promouter Tom Lyoffler, ukrainalik bokschining promouteri Lu Dibella, menejeri Kit Konnoli hamda yuristi Aleks Dombroff ham ishtirok etgan.
Har ikki tomon ham o'z taklif va shartlarini ilgari surgan. SHundan so'ng rasmiy vakillari uch kishidan iborat IBF komissiyasini qiziqtirgan savollarga javob qaytarishgan. SHu hafta so'nggida Golovkin - Derevyanchenko jangi yuzasidan yakuniy qaror elon qilinadi.
Fikrlar