08 okt 17:26
Yangiliklar
Boks/MMA

"Golovkinda hech qachon katta g'alabalar bo'lmagan" - Rayan Garsiya
Amerikalik bokschi Rayan Garsiyaning fikricha, Gennadiy Golovkin SHon-sharaf zali darajasiga loyiq emas.
"Golovkinning hech qachon katta g'alabalari bo'lmagan. U kimni enggan o'zi? Faqat bitta narsa uchun hurmat bildirish mumkin — u uzoq vaqt davomida boksning superyulduzi bo'lgan. Lekin men uni SHon-sharaf zali darajasidagi jangchi sifatida ko'rmayman", — dedi Garsiya.
Eslatib o'tamiz, qozog'istonlik bokschi, hozirgi kunda mamlakat Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti sifatida ishlayotgan Gennadiy Golovkin so'nggi jangini 2022 yili Saul "Kanelo" Alvaresga qarshi o'tkazgan va hakamlar qaroriga ko'ra yutqazgan.
Havola :
Manba : InsideRingShow
Fikrlar