13 sen 08:17
Yangiliklar
![](/upload/storage/45100_220.jpg)
Golovkinning murabbiyi: “Gennadiy nokaut evaziga g'alaba qozonadi”
Qozog'istonlik bokschining murabbiyi Abel Sanches yakshanba tongida o'tkaziladigan jang oldidan yana bir bor fikr bildirib, shogirdining imkoniyatlarini juda yuqori baholadi.
“Odatda men jangga tayyorgarlik haqida gapirmayman. Lekin mashg'ulotning bir qismi bilan o'rtoqlashishim mumkin. Gennadiy mashg'ulot chog'ida ko'proq raqibning tana qismiga zarba berish ustida ishladi. 2004 yili Bernard Xopkins ana shu zarbalari evaziga Oskar De La Xoyyani nokautga uchratgandi.
Endi 14 yil avvalgi ishni Golovkin amalga oshiradi. Biz bu texnikaga “The Ginger Snap” deb nom ham qo'ydik. Bernard Oskarni nokautga uchratgan birinchi bokschi bo'lgandi. Golovkin ham Alvaresga ilk nokautni taqdim etadi”, - dedi Sanches.
Fikrlar