31 may 13:10
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola faoliyatida to'rtinchi bor bu nomga loyiq ko'rildi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLda 2022/23-yilgi mavsumning "eng yaxshi murabbiyi" deb tan olindi.
Uning qo'l ostida "Siti" 89 ochko jamg'ardi va chempionat yakunlanishiga 2 tur qolganida g'oliblikni rasmiylashtirdi. Uzoq vaqt etakchilik qilgan "Arsenal" 84 ochko bilan ikkinchi bo'ldi.
Xosep Gvardiola faoliyatida to'rtinchi bor APLda mavsumning "eng yaxshi murabbiyi" nomiga loyiq ko'rildi.
Havola :
Fikrlar