So’nggi yangiliklar

16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0

24 may 14:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Hasanboy, Bektemir va boshqa yulduz bokschilarimiz Rossiyadagi musobaqada ishtirok etadilar

Teglar :  Boks
26-31 may kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo'yicha Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi bahslari tashkil qilinadi.

 «Mixaylovskiy manej» sport majmuasi mezbonlik qiladigan turnirda Evropa, Osiyo, Afrika va Amerikaning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan bokschilar ishtirok etadilar. Mazkur xalqaro musobaqada O'zbekiston terma jamoasi bokschilari ham g'olib va sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.

Terma jamoamiz bellashuvlarda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-49kg: Hasanboy Do'smatov
-52kg: Jasurbek Latipov
-56kg: Mirzobek Mirzahalilov
-56kg: SHahobiddin Zoirov
-60kg: SHunqor Abdurasulov
-64kg: Aliyor Noraliev
-64kg: Iqboljon Xoldorov
-69kg: Mahmud G'oipov
-69kg: Fazliddin Meliboev
-75kg: Isroil Madrimov
-81kg: Bektemir Meliqo'ziev
-91kg: Sanjar Tursunov
+91kg: Bahodir Jalolov

Bokschilarimiz musobaqada murabbiylar Marat Qurbonov, To'lqin Qilichev, Rahmatjon Ro'zioxunov va Bahodir Erkaev qo'l ostida ringga chiqadilar.

SHuningdek, hamyurtimiz Alisher Polvonov turnirda hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Takidlash lozimki, terma jamoamiz Rossiyaning shimoliy poytaxtiga o'zining eng kuchli tarkibi bilan yo'l oldi. Marat Qurbonov boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi ushbu turnir orqali Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan bokschilar jismoniy va funkcional holatini yana bir bor sinovdan o'tkazishadi. Imkoniyatlar chamalab olinadi. Maqsad Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish. Biz ushbu musobaqada bokschilarimizga omad tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
26 may 20:46:16
Mirzabek 1986
Spot tvdan ko'ra olamizmi? Kim Javob bera oladi?
   
24 may 16:57:31
Navroz Hojibekov
Sport tvdan olib beradimi?
   
24 may 14:51:33
Sardor Farxodov
Mumkinmas
   
24 may 14:35:51
ZOHIDJON ABDURASULOV
Baxodir professionalda emasmidi qatnawiwi mumkinmi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing