13 iyu 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/222905_220.jpg)
Humoyun To'xtamurodov nufuzli liga bilan shartnoma imzoladi + FOTO
Taniqli aralash yakkakurash ustamiz Humoyun To'xtamurodov navbatdagi jangini Markaziy Osiyoning nufuzli promousheni bayrog'i ostida o'tkazadi.
Bu haqda uning o'zi Instagramdagi sahifasi orqali xabar berdi.
"Assalomu alaykum, aziz vatandoshlarim va obunachilarim! Bugun Markaziy Osiyodagi eng nufuzli tashkilot - Octagon League promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladim. Tez orada sizlarga navbatdagi jangim sanasini elon qilaman. Kuzatishda va qo'llab-quvvatlashda davom eting. In SHa Alloh birgalikda barcha niyat va rejalarimizni Yaratganning izni bilan amalga oshiramiz", - dedi o'zining sahifasida shartnoma imzolayotgan jarayoni aks etgan surat hamda uning ostida izoh qoldirgan To'xtamurodov.
Eslatib o'tamiz, Humoyun To'xtamurodov o'tgan yili Mahmud Muradov ligasi bilan shartnoma imzolagan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar