20 sen 17:45
Yangiliklar
Humoyun To'xtamurodov revansh berishga tayyor: O'zbeklarni g'alabasini ko'ra olmaydiganlar bilan kerak bo'lsa hozir jang qilishga tayyorman
Humoyun To'xtamurodovdan mag'lubiyatga uchragan eronlik Mexrshod Estrabadi revansh so'raganligi haqida xabar bergan edik. SHundan so'ng To'xtamurodov bilan bog'lanib chorlovga munosbati haqida so'radik:
«Men tashkilotchilarga jangga roziligimni, Qozog'istondami yoki Turkiyadami oktagonga chiqishga tayyorligimni aytdim. Oktabrda bo'ladigan turnirda bo'lsa ham farqi yo'qligini malum qildim.
Ular esa Estrabadi promoushen qoidalarini buzgan (berilgan jangdan bosh tortgan)ligi uchun Octagon League'da qayta jang qila olmasligini, bu chorlov orqali shunchaki treshtok qilmoqchi bo'layotganini aytishdi.
O'zbeklarni g'alabasini ko'ra olmaydiganlar bilan kerak bo'lsa hozir jang qilishga tayyorman. 5 daqiqa qizib olishga ruhsat berishsa bas», - dedi Humoyun To'xtamurodov.
Fikrlar