17 noy 11:36
Yangiliklar
IBF Krouforddan kamarni tortib oldi, Terens endi mutlaq chempion emas
"25 avgust kuni biz Kroufordning promouterlik kompaniyasiga vaqtinchalik chempion Jaron Ennis bilan jang o'tkazish borasida muzokaralar o'tkazish haqida xat jo'natdik.
Muzokaralar 24 sentyabr kuni yakunlanishi kerak bo'lgandi. 22 sentyabr kuni Kroufordning vakillaridan javob oldik, unga ko'ra, Errol Spens bilan jang shartnomasida revansh haqida band bor ekan, Spens bundan foydalangan.
IBF'ning 3.B qoidasiga ko'ra, chempionlik jangini o'tkazish shartnomalarida titulni himoya qilish uchun band qo'yilmasligi kerak edi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda Terens Krouforddan mutlaq chempionlik unvoni olib qo'yiladi", - deb yoziladi IBF bayonotida.
SHu orqali IBF yarim o'rta vazn toifasidagi chempion sifatida Jaron Ennis tan olinadi.
Fikrlar