29 sen 13:55
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF Murodjon Ahmadaliev va Marlon Tapales jangiga rasman buyruq berdi
Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev navbatdagi jangini filippinlik bokschiga qarshi o'tkazishi kutilmoqda.
Xalqaro boks federaciyasi - IBF Murodjon Ahmadaliev va Marlon Tapales jangiga rasman buyruq berdi va ularga muzokaralar uchun 25 oktyabrga qadar muddat belgiladi.
Filippinlik Marlon Tapales prof ringda 39 ta jang o'tkazgan va ularning atigi uchtasida mag'lub bo'lgan. Ahmadaliev esa 11 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Jang hamyurtimizning IBF kamari uchun bo'lib o'tadi.
Avvalroq, Tapales Ahmadaliev bilan shu yilning o'zidayoq jang qilmoqchi ekanini bildirgan edi.
Havola :
Manba : t.me/BoxerTV
Fikrlar