30 iyu 17:39
Yangiliklar
Tennis
Iga Svyontek Bad-Xomburgda 1/2 finalga yo'l oldi
Bad-Xomburg shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA turnirida 1/2 finalchilar nomi malum bo'ldi.
Dunyoning birinchi raketkasi Iga Svyontek chorak final bahsida reytingning 39-pog'onasidan joy olgan rossiyalik Anna Blinkovani ortiqacha qiyinchiliksiz - 6/3, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Etmish uch daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 2, Blinkova 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi u Bad-Xomburg final chiptasi uchun italiyalik Lyuchiya Broncettiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar