07 noy 09:43
Yangiliklar
Iga Svyontek WTA Yakuniy turniri g'olibasi, u mavsumni dunyoning 1-raketkasi sifatida yakunlaydi + FOTO
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi, polshalik Iga Svyontek WTA reytingida beshinchi pog'onadan joy olgan amerikalik Jessika Pegulaga qarshi kortga chiqdi. Bir daqiqasi kam bir soat davom etgan bahsda Iga raqibasini "sochib" tashladi - 6/1, 6/0.
Tennis malikalarining o'zaro uchrashuvida Svyontek 6:3 hisobida oldinda bormoqda. Iga final bahsi davomida 1 ta eys, yo ta qo'shxato va 5 ta breyk qayd etdi. Svyontek mavsumdagi oltinchi, faoliyatidagi 17-sovrinini qo'lga kiritdi. U ilk bor WTA Yakuniy turnirida chempion bo'ldi.
Kankundagi muvaffaqiyatli ishtirok Igaga 1500 reyting ochkosi hamda 1 million 476 ming AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi. Bugungi chempionligi evaziga u Arina Sobolenkoni ortda qoldirib, dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi va mavsumni shu maqomda yakunlaydi.
Fikrlar