21 sen 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Ijtimoiy tarmoqlarda Paulo Kosta va Xasbik o'rtasida mojaro yuzaga keldi
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempionligiga davogar, braziliyalik Paulo Kosta Xasbik nomi bilan mashhur bo'lgan bloger Xasbulla Magomedov haqida salbiy fikr bildirdi.
"Agar bu bolani yomon ko'rmasangiz, demak g'alati odam ekansizlar. Xayrli tun", — deb yozadi Kosta ijtimoiy tarmoqda Xasbik mashg'ulotlari videosiga javoban.
O'z navbatida Xasbik ham unga javob qaytardi.
"Bu qattiq gaplar meni hech qachon tanimagan odamlardan. Sen Konor Makgregor kabi yomonsan",— deb javob bergan Xasbik.
Avvalroq, Xasbulla UFC bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.
Malumot uchun, uning bo'yi 93 sm,og'irligi esa taxminan 18 kg. Magomedov 2021 yilgi Abu-Dabidagi UFC turnirida tashkilot prezidenti Dana Uaytning taklifiga binoan ishtirok etgan va Xabib Nurmagomedov bilan birga rossiyalik jangchi Islam Maxachevning burchagida bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar