24 may 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki jahon chempioni 18 avgust kuni uchrasha olmaydi
Professional boksning yarim engil vazn toifasida IBF chempioni Josh Uorrington hamda vaqtinchalik WBO yo'nalishi chempioni Karl Fremptonning jangi kechroq muddatda o'tkaziladi.
Fremptonning jamoasi 18 avgust kuni birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazish taklifi bilan chiqqan edi. Promouter Frenk Uorrenning so'zlariga ko'ra, Uorrington hozir kamida bir oy xordiq chiqarishi kerak.
Uorrington o'tgan yakshanba kuni Li Selbini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgandi. U endi bir oylik dam olishdan keyingina mashg'ulotlarga qaytadi. Qolgan muddat esa birlashtiruvchi chempionlik jangiga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun kamlik qiladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar