25 noy 08:12
Yangiliklar
Ikki mutlaq jahon chempionlari tarozidan muvaffaqiyatli o'tib oldi
Turnirning qiziqarli jangi ayollar o'rtasida ikki mutlaq jahon chempionlari o'rtasida o'tkaziladi. Unda birinchi yarimo'rta vaznda barcha kamarlar sohibasi, britaniyalik SHantel Kemeron engil vaznda mutlaq jahon chempioni, irlandiyalik Keti Teylorga qarshi ringga ko'tariladi.
Bu Teylor uchun revansh maqomidagi jang bo'ladi. SHu yilning may oyida o'tgan ilk jangda SHantel Ketiga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgandi. Kecha tunda boks malikalari tarozi marosimidan muvaffaqiyatli o'tib olishdi. Kemeron 63,27 kg, Teylor esa 63,32 kg vazn qayd etdi.
Xuddi birinchi jangda bo'lgani kabi bugungi to'qnashuv Kemeronning birinchi yarimo'rta vazndagi barcha chempionlik kamarlari uchun kechadi. SHantel prof boksda 18 ta jang o'tkazgan bo'lib, barchasida g'alaba qozongan. Nokautlari soni 8 tani tashkil etmoqda. Teylor esa 22 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan.
Fikrlar