19 iyu 17:23
Yangiliklar
Tennis
Ikki yillik tanaffusdan so'ng kortga qaytgan Kei ilk urinishdayoq sovringa ega chiqdi
Puerto-Rikoning Palmas-del-Mar shahrida tennis bo'yicha ATP turniri yakunlandi.
Unda ikki yillik tanaffusdan so'ng faoliyatini qayta tiklagan Kei Nishikori bosh sovrinni qo'lga kiritdi. ATP reytingida o'rni bo'lmagan yaponiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 1118-raketkasi amerikalik Maykl CHjenni 6/2, 7/5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Nishikori belidagi jarohat sabab 20 hafta davomida kortdan tashqarida bo'ldi. Kei 75 reyting ochkosi sabab Top-500 reytingiga qaytdi. U turnirdagi ishtirokidan 10,840 dollar ishlab oldi. CHjen esa 50 ochko va 6,355 dollarga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar