So’nggi yangiliklar

18:40Жо Роган: "Ислам Махачев шу якшанба куни фаолиятини якунлаши мумкин" 0 18:16Чирчиқ спорт мактаби боксчилари Ўзбекстон кубогида иккита медаль қўлга киритишди 0 17:45"Барселона" Родри трансфери бўйича "Манчестер Сити"га янги таклиф юборди 0 17:14UFC янги мега тадбирга тайёргарлик кўрмоқда 0 16:43President's Cup. Саккизинчи ракеткани мағлуб этган Султонов 1/4 финалга чиқди 0 16:12Махачев Илия Топуриянинг қайтишига ишонмоқда 0 15:48"Галатасарой" Бразилия терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзоламоқчи 0 15:16Собиқ UFC чемпиони Дэйвесон Фигередуга жанг тайинланди 0 14:51Дана Уайт саралаш шоусининг 10-мавсуми бошланди: тўрт жангчи UFC`дан шартнома олди 0 14:20Теремоана: "Ўзбекистонлик Олимпиада чемпиони мендан мушукдек қочиб юрган" 0 13:42"Барселона" футболчиси хочсимон боғламacи узилгани сабабли ярим йилга сафдан чиқди 0 13:17Йен Мачадо Гэрри: "Махачевнинг рақиблари меникичалик хавфли бўлмаган" 0 12:45President's Cup. Сергей Фомин ғалаба билан бошлади 0 12:12Дана Уайт UFC жангчисининг фожиали вафоти ҳақида илк бор фикр билдирди 0 11:46Гвардиола Моуриньо ҳақидаги сериалда ягона шарти бажарилмагани учун суратга тушмади 0

17 iyu 19:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Ikkita kamarga erishgan Islam Maxachev hozir nimadan motivaciya olayotganini aytdi

Teglar :  Islam Maxachev
Islam Maxachev MMAdagi faoliyatini davom ettirishga nima turtki bo'layotganini tushuntirdi.

"Rostini aytsam, kareram boshidagi motivaciya hozir yo'q. Lekin men hali ham g'alaba qozonishni istayman. Endigi motivaciyam — mag'lub bo'lmaslik va chempionlik kamarimni saqlab qolish.

Men kamarlarni qo'lga kiritdim. Yana bir vazn toifasiga o'tib, yana chempion bo'lish juda qiyin. Kamtarlik qilmay aytaman, bu sportda deyarli barcha cho'qqilarni zabt etdim.

Hozir erishganlarimni yo'qotishni istamayman. SHuning uchun ham mashg'ulotlarni davom ettiryapman. Odamlar men uchun qayg'urayotganini, muxlislik qilayotganini his qilib turaman.

Men uchun eng katta maqsad — bolalar mendan yaxshi inson sifatida namuna olishidir. Sog'lom turmush tarziga amal qilgan, kattalarni hurmat qilgan, kichiklarga yaxshi munosabatda bo'lgan va yaxshi ota bo'lgan inson sifatida.

Buyuk sportchilar ko'p bo'lgan va yana bo'ladi. Men esa yaxshi inson sifatida esda qolishni xohlayman. Bolalar: “Men Islamdek bo'lishni xohlayman”, deb aytsa va ota-onalari bundan xursand bo'lsa, shuning o'zi men uchun katta yutuq", — dedi Maxachev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing