30 sen 07:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Iqboljon Xoldarov qaytyapti, u Hasanboy Do'smatov bilan bir oqshomda jang qiladi (POSTER)
25-26 oktyabr kunlari Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida shu nomdagi arenada professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Iqboljon Xoldarov ham ishtirok etadigan bo'ldi.
28 yashar hamyurtimizga turnir doirasida Qirg'iziston vakili Argen Kadirbek Uulu raqib bo'ladi.
Xoldarov prof karerasi davomida hozirga qadar 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Argen Kadirbek Uulu uchun esa bu prof ringdagi ilk bellashuv bo'ladi.
Ilgariroq, Qirg'izistondagi boks kechasida Hasanboy Do'smatov, qozog'istonlik Saken Bibosinov kabi bokschilar chiqishi qilishi haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar