30 iyu 12:24
Yangiliklar
Islam Maxachev: "Konor Makgregordan ko'nglim qolyapti"
Divizionning amaldagi chempioni Islam Maxachev irlandiyalik aralash yakkakurash ustasining jarohati tufayli jang atigi 69-soniyada yakunlanganidan afsusda.
"Rostini aytsam, unga achinyapman. Maks uni engishini bilar edim, lekin hammasi bunchalik tez — birinchi daqiqadayoq tugashini kutmagandim. U besh yillik tanaffusdan keyin qanday jang qilishini ko'rmoqchi edim. Ochig'i, hammasi shu tarzda yakunlanganini ko'rish menga yoqimsiz bo'ldi", — dedi Maxachev "Complex Sports" nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq tizzasidagi paylari va meniskini jarohatlab olgan Konor Makgregor bir yildan so'ng Las-Vegasdagi Xalqaro jang haftaligida qaytishni va tashkilot bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha so'nggi jangini o'tkazishni rejalashtirayotganini malum qildi. U buni "so'nggi raqs" deb atadi.
Islam Maxachev 15 avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida oktagonga qaytadi. Turnirning markaziy jangida u irlandiyalik Yen Machado Gerri bilan to'qnash keladi.

Fikrlar