17 iyu 16:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev qanday qilib UFC bilan shartnoma imzolagani haqida gapirib berdi
Islam Maxachev UFC bilan shartnoma imzolash tarixi haqida so'zlab berdi.
"Amerikaga birinchi bor borganimda UFC turnirini tomosha qildim va bu darajani ko'rdim. Kennedi Romero bilan, Xollouey esa Makgregor bilan jang qilgandi. Bu juda yaxshi shou edi va menga juda yoqqan.
O'sha paytda Ali Abdel-Aziz bilan tanishdim. Xabib esa Las-Vegasda tiklanish jarayonini o'tayotgan edi. Keyin Aliga meni UFC bilan shartnoma qildirishni aytdik.
SHuningdek, UFC matchmeykeri Jo Silva bilan ham uchrashib, qisqacha suhbatlashganmiz. Keyin uyga qaytdim va oradan bir necha oy o'tib shartnoma oldim", — dedi Maxachev.
Havola :
Fikrlar