06 dek 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimov O'zbekistonga qaytdi. Bokschimiz terma jamoa azolari bilan shug'ullanmoqda
Birinchi o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik professional bokschi, WBA kamariga davogar Isroil Madrimov (9-0-1) yurtimizga qaytib keldi.
Bokschimiz uch oy davomida AQSHda navbatdagi jangiga tayyorgarlik olib borgan edi.
Iyul oyida Madrimovning vakant bo'lib turgan WBA chempionlik kamari uchun rossiyalik Magomed Kurbanov bilan jang qilishi xabar qilingan edi. Ammo Isroilning navbatdagi jangi hozircha rasman elon qilinmadi.
Isroil Madrimov uch oylik mashg'ulotlardan so'ng AQSHdan O'zbekistonga qaytib keldi va u ayni kunlarda boks bo'yicha milliy terma jamoamiz bilan birgalikda Yangioboddagi yig'inda qatnashmoqda.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Isroil Madrimov so'nggi jangini 2023 yil aprel oyida Rafael Igbokvega qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar