08 iyu 23:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil ringga chiqadigan oqshomning markaziy jangi ishtirokchilari tarozida
Ertaga London shahrida o'zbekistonlik muxlislar orziqib kutayotgan professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Bugun oqshom ishtirokchilari tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Markaziy jang superog'ir vazn toifasida britaniyalik Derek CHisora hamda bolgariyalik Kubrat Pulev o'rtasida o'tkaziladi. Tarozida CHisora — 117,1 kg, Pulev — 113,4 kg tosh bosdi.
CHisora tajribali raqibidan 4,5 kg og'irroq chiqdi. Derek oxirgi to'rtta jangida bugungidan engilroq bo'lgan. Pulevning esa shu yil may oyidagi jangidan 700 grammga og'irroq ekani oydinlashdi.
Eslatib o'tamiz, oqshomning co-main event maqomidagi jangida 27 yoshli hamyurtimiz Israil Madrimov (69,45 kg) hamda franciyalik 34 yoshli Mishel Soro (69,44 kg) o'zaro to'qnash kelishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar