27 mar 15:05
Yangiliklar
Qishki sport turlari

Jahon chempionati. Geynish va CHigiryov qisqa dastur yakuniga ko'ra, 23 juftlik orasida 11-natijani qayd etdi
Bostonda start olgan figurali uchish bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining ilk kunida juftlik yo'nalishidagi qisqa dastur bahslari o'tkazildi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigiryov 62.33 ballga loyiq ko'rildi.
Dasturda Yaponiya vakillari — Riku Miura hamda Ryuichi Kixara 76.57 ochko bilan g'olib bo'ldi va oltin medalga ega chiqdi. Italiyalik Sara Konti va Nikolo Machchi 74.61 ball bilan kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Germaniya terma jamoasi azolari Minerva Xase/Nikita Volodin uchinchi bo'lishdi (73.59).
Geynish va CHigiryovning natijasi o'n birinchi bo'ldi. Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda sportchilarimiz musobaqaning erkin dasturida ishtirok etadi. Vakillarimizning chiqishi Toshkent vaqti bilan soat 5:00 dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar