11 iyu 08:26
Yangiliklar
Futbol
Jahon chempionati ishtirokchisi ikkinchi davrani "Olimpik"da boshlaydi
"Andijon" matbuot xizmati futbolchi SHerzod Esanovni Toshkentning "Olimpik" klubiga o'tganini elon qildi.
Futbolchi yil so'nggi qadar ijara asosida toshkentliklar safida harakat qiladi.
Malumot uchun, 20 yoshli iqtidorli yarim himoyachi «Andijon» safiga o'tgan yilgi mavsum boshida qo'shilgan. O'shanda Pro ligada «Andijon» tarkibida 17 ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 2 ta gol urgan. O'zbekiston Kubogi doirasida esa 1 ta o'yinda 1 ta gol muallifiga aylangan. Bu yil esa Esanov Superligada debyutini o'tkazdi va «Andijon» tarkibida 5 ta bellashuvda qatnashdi.
SHuningdek, Esanov bu yil O'zbekiston U-20 terma jamoasi safida Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi va Argentinada o'tkazilgan mundialda yurtimiz sharafini himoya qildi.
Havola :
Fikrlar