01 noy 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionatidagi yurishini to'xtatgan SHahram G'iyosov O'zbekistonga qaytdi
Serbiyada davom etayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz qatnashgan Olimpiada sovrindori SHahram G'iyosov O'zbekistonga qaytib keldi.
Jahon chempionatida yurtimiz sharafini -71 kg vazn toifasidagi bahslarda himoya qilgan charm qo'lqop ustamiz qozog'istonlik Aslanbek SHimbergenovga 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
O'zbekistonga qaytgan G'iyosov endi bor etiborini professional boksdagi faoliyatiga qaratadi. U tez kunda AQSHga jo'nab ketadi va prof ringdagi navbatdagi jangi uchun tayyorgarlikni boshlaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar