03 iyu 12:12
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39792_220.jpg)
Jahon chempioni Turman avgust oyida ringga qaytadi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBA chempioni Kit Turman bir yarim yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytishni rejalashtiroqda.
Aynan jarohatlari sabab o'ziga tegishli bo'lgan WBC chempionlik kamaridan voz kechgan amerikalik 29 yoshli bokschi 4 avgust kuni Bruklin shahrida o'zining navbatdagi himoya jangini o'tkazishi mumkin.
Turman so'nggi bor 2017 yilning mart oyida birlashtiruvchi chempionlik jangida Denni Garsiyani mag'lubiyatga uchatgan edi. O'sha jangdan so'ng Kit jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldi.
U shu yilning 19 may kuni ringga chiqishi kerak edi. Lekin mashg'ulot chog'ida olgan jarohati sabab jang bekor bo'lgandi. Turman aprel oyida uzoq vaqt jang o'tkaza olmagani uchun WBC chempionlik kamaridan voz kechishga majbur bo'lgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar