28 iyu 12:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Jasko koach Ramazon Temirovning Asu Almabaevga qarshi ehtimoliy jangi haqida gapirdi
UFC jangchisi Ramazon Temirovning murabbiyi Jasur Alijonov qozog'istonlik Asu Almabaev bilan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
"Asu Almabaev reytingda yaxshi o'rinda ketyapti. Bizga qiziq. Ramazon kuchli o'ntalikka kirdi. Buyog'iga har bir jangi qiziq bo'ladi, chunki top-10 dagilarning barchasi davogarlikka tayyor sportchilar. Asumi yoki boshqasi,bizga qaysi raqib berilsa, jangni qabul qilishga tayyormiz. Lekin Asudan boshqasini berishsa, yaxshi bo'lardi. CHunki qo'shni mamlakatlarmiz. Do'st-birodarmiz, og'a-inilarimiz ko'p. UFC kimni bersa, shunga qarab, tayyorlanaveramiz", deydi Alijonov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar