07 iyu 17:37
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/222058_220.jpg)
Jasur Alijonov: "ONE FC bilan hamkorlikda Toshkentda turnir tashkil etmoqchimiz"
O'zbekistonning mashhur MMA murabbiyi Jasur Alijonov shogirdi Jasur Mirzamuhammedovning ilk jangi haqida fikr bildirdi.
"Jasur Mirzamuhammedovning jangidan to'liq ko'nglim to'lmadi. Nima desa bo'ladi, biz bu jangga to'liq tayyor emas edik. Bunday katta ligada birinchi marta jang qilishimiz edi. Biz xatolarimizni bilib oldik", - dedi Jasur Mirzamuhammedovning murabbiyi.
“Instagram” sahifangizda Mahmud Muradov ligasi bilan ONE FC hamkorlikda turnir tashkil etishga qanday qaraysizlar deb fikr qoldirdingiz. Bu qanchalik jiddiy?
- Xudo xohlasa, biz shuni harakatidamiz. 10 yoki 12-turnirda ular bilan birgalikda Toshkentda turnir tashkil etmoqchimiz. Muzokaralar ketmoqda. Hozircha aniq emas. Bu yaxshi niyat.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar