So’nggi yangiliklar

20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0

06 okt 17:47
Yangiliklar

Dzyudo

JCH-2022. Dzyudochimiz 5-o'rin bilan kifoyalandi

Toshkent shahrida dzyudo bo'yicha jahon chempionati boshlandi.

Bugun kun davomida erkaklar o'rtasida -60 kg, ayollar o'rtasida esa -48 kg vazn toifasida bahslar o'tkazildi. Unda ikki nafar o'zbek dzyudochisi ham kurashdi. Erkaklar o'rtasida -60 kg vaznda Dilshod Baratov, ayollarda esa -48 kg vaznli Halimajon Qurbonova medallar uchun kurashdi. 

Bir necha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalgacha etib kelgan Dilshodbek Baratov bronza uchun bahsda qozog'istonlik Eldos Smetovga qarshi bahs olib bordi va afsuski imkoniyatni boy berdi. 

Halimajon Qurbonova esa ikkinchi bosqichda italiyalik raqibasiga yutqazib qo'ydi. 




Hamyurtlarimizning qayd etayotgan natijalari bilan ushbu sahifada tanishib borishingiz mumkin bo'ldi. 


SAHIFANI YANGILASH


Afsuski Dilshodbek Baratov Golden Score'da Eldos Smetovga yutqazib qo'ydi. Sportchimiz 5-o'rin bilan kifoyalandi. 


Kechki dastur janglari boshlandi. Hozircha ayollar o'rtasida -48 kg vazn toifasida medallar uchun bahslar o'tkazilmoqda. Birozdan so'ng Dilshodbek Baratov qozog'istonlik Eldos Smetovga qarshi tatamiga chiqadi. 


Endi Baratov soat 17:00dan so'ng boshlanadigan final blokda bronza medali uchun bahs olib boradi. Unga qozog'istonlik Eldos Smetov raqiblik qiladi. Hamyurtimiz ishtirokidagi bahs taxminan 17:15 dan keyin boshlanadi. 


Dilshodbek Baratov yarim finalda mo'g'ulistonlik Ariunbold Enktaivaga qarshi bahs olib bordi va Golden Score'da imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


Endi Baratov yarim finalda mo'g'ulistonlik Ariunbold Enktaivan bilan bellashadi.


-60 kg vaznli Dilshodbek Baratov isroillik Yam Volczakka qarshi bahs olib bordi va vazari bahosi evaziga g'alaba qozonib, yarim finalga chiqdi!


Birozdan so'ng Dilshodbek Baratov chorak finalda Isroil vakili Yam Volczakka qarshi tatamiga chiqadi. 


-48 kg vaznda Halimajon Qurbonova italiyalik Assunta Skuttoga qarshi bahs olib bordi va afsuski ippon evaziga yutqazib qo'ydi.


-60 kg vaznda Dilshodbek Baratovning koreyalik Li Harimga qarshi jang qildi va uchta shido bahosi evaziga g'alaba qozondi.


-48 kg vaznli Halimajon Qurbonova ilk bosqichda turkiyalik Merve Azakka qarshi bahs olib bordi va Golden Score'da uchinchi shido evaziga g'alaba qozondi.


-60 kg vaznli Dilshodbek Baratov ikkinchi bosqichda ukrainalik Artyom Lesyukka qarshi tatamiga chiqib, ippon evaziga g'alaba qozondi.

Dilshodbek ikkinchi davrada ukrainalik Artyom Lesyukka qarshi bahs olib boradigan bo'ldi. 


-60 kg vaznli Dilshodbek Baratov ilk bosqichda Muhammad Akashga qarshi kurashdi va g'alaba qozondi. Raqib uchta shido evaziga mag'lub etildi. 


Sportchilarimiz musobaqani quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi: 

-60 kg: Dilshodbek Baratov - Muhammad Akkash (IJF Refugee team)

-48 kg: Xalima Qurbonova - Merve Azak (Turkiya)


Bellashuvlar soat 10:30 da "Humo Arena"da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

+2   
06 okt 17:59:44
.Sherzod.
Ertangi baxslarda Diyora Keldiyorova natija qilmasa Sardor Nurullayevda xech qanaqa imkoniyat yo‘q agar chiqib borsa 3 bosqichda o‘zi uchun o‘tib bo‘lmas raqib Orxan Safarov undan o‘tsa Denis Viere bu degani 99 % medal yoq degani. 73 kg Shaxramda qura yaxshi lekin uni tajribasizligi pand beradi 81 kg da Boltaboyev birinchi baxsni o‘zidan kuchi tugab o‘zini vesini ko‘tarolmay qoladi shuncha zborga borib u nimalar qilyabdi xayronman lekin 90 va 100 kg da nasb bizikilar chempion bo‘ladi qura ular uchun yaxshi o‘zlariyam yaxshi formada kuzatamiz
+2   
06 okt 16:48:34
.Sherzod.
60 kg da Baratov tanlanganida shaxsan manda etiroz paydo bo‘lgan edi sababi oxirgi bir yilda xalqaro turnerlardagi ishtirokini kuzatdim usul deyarli yo‘q faqat uchta ogaxlantirish bilan g‘alaba qozonadi yoki uchta shido bilan mag‘lub bo‘ladi, lekin u Jaxon chempionatida yaxshi ishtirok etdi Smetov bilan kuzatamiz imkoniyatlari 20/80. bizning eng og‘riqli nuqtamuz bu 60 kg, ayollarda esa 57 kg xisoblanadi, afsuski jamoviy baxslarda 57 bor va bu bizga pand beradi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing