So’nggi yangiliklar

09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0

12 okt 14:06
Yangiliklar

Dzyudo

JCH-2022. Ettinchi kun o'zbek dzyudochilari uchun medalsiz yakunlandi

Toshkentda dzyudo bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.

Bugun kun davomida +100 kg vazn toifasida ikki nafar dzyudochimiz - SHohruh Baxtiyorov hamda Alisher Yusupov medal uchun kurashdi. Ayollar o'rtasida +78 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi va mazkur yo'nalishda O'zbekiston terma jamoasidan vakil yo'q. 

Vakillarimiz ichida eng yaxshi natijani Alisher Yusupov qayd etdi. U chorak finalgacha ikkita g'alabaga erishdi va chorak finalda imkoniyatni boy berdi. Bronza uchun o'tish bahsida esa gruziyalik raqibga imkoniyatni boy berdi -7-o'rin. 

SHohruh Baxtiyorov esa ilk bahsidayoq imkoniyatni boy berdi. 


SAHIFANI YANGILASH


Alisher Yusupov bronza uchun o'tish bahsida jahon chempioni, Olimpiada finalchisi hisoblangan gruziyalik Guram Tushishviliga qarshi kurashdi va imkoniyatni boy berdi. SHu tariqa u jahon chempionatini 7-o'rinda yakunladi.


Alisher Yusupov chorak finalda niderlandiyalik raqibga Golden Score'da yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun kurashadi.


Alisher Yusupov chorak finalda JCHning ikki karra sovrindori, niderlandiyalik Roy Meyerga qarshi kurashadi. Bahs taxminan 13:15 dan so'ng boshlanadi. 


Alisher Yusupov braziliyalik raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi va chorak finalga chiqdi!


Alisher Yusupov navbatdagi jangini braziliyalik Rafael Silvaga qarshi o'tkazadi. Ushbu bahs taxminan 12:35 dan so'ng boshlanadi. 


SHohruh Baxtiyorov ukrainalik raqibga yutqazdi


G'alaba bilan boshladik: Alisher Yusupov muddatidan oldin qozog'istonlik raqibidan ustun keldi. 



Vakillarimiz bahslarni quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi: 

+100 kg: SHohruh Baxtiyorov - Yakiv Hammo (Ukraina)

+100 kg: Alisher Yusupov - Erassil Kajbaev (Qozog'iston)

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing