29 may 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39515_220.jpg)
Jeff Xorn: “Men Terens Krouforddan qo'rqmayman”
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Jeff Xorn 9 iyun kuni o'tkaziladigan jangi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Filippinlik mashhur bokschi Menni Pakyaodan ushbu chempionlik kamarini tortib olgan Xorn 9 iyun kuni amerikalik sobiq mutloq jahon chempioni Terens Kroufordga qarshi ringga ko'tariladi.
“Ular meni asabiylashishga majbur qilishmoqchi. Lekin bunday tushib qolmayman. Men Krouforddan zarracha qo'rqmayman. Agar ringga mag'lubiyatni o'ylab chiqsang, o'sha holat sodir bo'ladi. SHu bois, men faqat g'alaba haqida o'ylayapman”, — dedi Xorn.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar