25 sen 08:13
Yangiliklar

Jervonta Devis - Jeyk Pol oqshomida to'rtta chempionlik jangi o'tkaziladi
Karddan 4 ta chempionlik jangi o'rin olgan:
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha amerikalik jahon chempioni Geri Antuan Rassell (18-1, 17 KO) yapon bokschisi Endi Xiraokiga (24-0, 19 KO) qarshi himoya jangini o'tkazadi;
Birinchi yarim engil vaznda IBF, WBA va WBO kamarlari sohibi, AQSH vakilasi Alisiya Baumgardner (16-1, 7 KO) kanadalik Leyla Boduan (13-1, 2KO) bilan to'qnash keladi;
Britaniyalik Elli Skotni (11–0, 0 KO) va meksikalik Mayelli Flores Roskero (13–1–1, 4 KO) ikkinchi eng engil vazn toifasining mutlaq chempionligi uchun kuch sinashadi;
Kosta-rika sharafini himoya qiluvchi Yokasta Valle (33–3, 10 KO) esa minimal vazn toifasidagi WBC chempionlik kamarini amerikalik Yadira Bustilosdan (11-1, 2 KO) himoya qilishga urinib ko'radi.
Fikrlar