29 may 10:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Jervonta Devis Rolli Romeroni nokautga uchratdi
Bugun tongda AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Barclays Center arenada o'tgan oqshomning markaziy jangi amerikalik nokautchi Jervonta Devis (27-0, 25 KO) hamda davogar bokschi Rolando Romero (14-1, 12 KO) o'rtasida bo'lib o'tdi.
Devisga tegishli WBA World kamari uchun kechgan jang oltinchi raundda to'xtatildi. Jervonta chap qo'lda yo'llagan kuchli va aniq zarbasi evaziga Romeroni nokautga uchratdi. Rolando o'rnidan turishga muvaffaq bo'ldi, ammo referi jangni to'xtatishga qaror qildi.
SHu tariqa, Jervonta Devis faoliyatidagi 27-g'alabasini qo'lga kiritdi. Nokaut evaziga yutgan janglari 25 taga etdi. Uning hisobida mag'lubiyat va durang yo'q.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar