01 iyu 07:43
Yangiliklar
Tennis
Jessika Pegula Kori Goffga yutqazib qo'ydi
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Jessika Pegula Istburnda davom etayotgan WTA turniridagi ishtirokini yakunladi.
Amerikalik tennischi 70 daqiqa davom etgan 1/4 finalda 18 yoshli vatandoshi Kori Goffga 3/6, 3/6 hisoblarida yutqazib qo'ydi. Bu bilan Kori o'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanatini ham tikladi - 1:1.
Goff 3 ta eys zarbani ijro etgani holda 5 ta breykka erishdi. Uning final ostonasidagi raqibasi yana bir amerikalik tennischi Medison Kiz bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar