So’nggi yangiliklar

17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0

27 sen 08:42
Yangiliklar

Boks/MMA

Jeyk Pol va Jervonta Devis 2 mln dollarga garov bog'ladi

Mashhur bloger va bokschi Jeyk Pol engil vaznda jahon chempioni Jervonta Devisga qarshi ko'rgazmali jangiga qiziqish uyg'otish maqsadida raqibi bilan yana bir bor garov o'ynadi.

O'n raundlik ko'rgazmali jang 14 noyabr kuni AQSHning Florida shtati Mayami shahrida bo'lib o'tadi. Kuni kecha bokschilar ikkinchi qo'shma matbuot anjumanini o'tkazdilar va unda jahon chempionligi uchun to'rtta jangdan iborat anderkard shou elon qilindi. SHuningdek, Devis ko'z urishtirish paytida Polni turtib yubordi, ammo ko'plab shunga o'xshash holatlardan farqli o'laroq, his-tuyg'ular nazoratdan chiqmadi.

Garov voqeasi jurnalistlarning savollariga javob berish paytida sodir bo'ldi. Strimer Edin Ross Devis bilan bahslashib, Polning g'alabasiga pul tikkanini va Jervonta bunga javoban Rossga pulni ko'tarishni taklif qilganini aytdi.

Ross bunday puli yo'qligini aytdi va Jeyk Poldan yordam so'radi, u javob berdi va oxir-oqibat Devis va Pol qo'l siqishib, ikki million dollarlik garov o'ynashdi.

Qizig'i shundaki, keyinchalik Devis ijtimoiy tarmoqlarda Pol bu pullarni hech qachon ololmasligini malum qildi: "U hech qachon bu 2 millionni olmaydi... nima bo'lishidan qati nazar".

Jeyk Pol bungacha ham raqiblari bilan garov o'ynagan. U o'tgan yili Mayk Taysonga qarshi jangi oldidan Keti Teylor va Amanda Serrano o'rtasidagi uchinchi jang natijasi bo'yicha u bilan bir million dollarga bahslashgandi. O'shanda Pol g'alaba uchun o'zi manfaatlarini himoya qiladigan Serranoni, Tayson esa Teylorga pul tikkandi. Yakunda Teylor g'alaba qozondi, ammo Pol bu pulni Taysonga to'laganmi yoki yo'q, bunisi nomalum.

SHuningdek, Devis murabbiyi Kelvin Ford kutilmaganda matbuotda jangda qo'llanadigan qo'lqoplarning o'lchamlari (og'irligi) masalasini ko'tardi. O'tgan matbuot anjumanida bokschilar 12 unciyali qo'lqop kiyishi malum qilingandi. Engil vazn toifasidagi Devis 8 unciya, birinchi og'ir vazn toifasidagi Jeyk Pol esa 10 unciyada ishlaydi.

"To'xtang, yigitlar, o'n ikki dyuymli qo'lqopni siz xohlagan edingiz-ku, - dedi Pol. - Men emas. Men 8 unciyali, 4 unciyali, 2 unciyali bo'la olaman. Qo'limdan keladi".

Oxir-oqibat, ringda ular 10 unciyali qo'lqoplardan foydalanishga rozi bo'lishdi, ammo bu ehtimol, o'z jangining natijasiga tikilgan pullar kabi, Florida sport komissiyasi bilan kelishilishi kerak.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing