24 sen 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyk Pol va Jervonta Devis o'rtasidagi ko'rgazmali jang qoidalari malum bo'ldi
Bloger Jeyk Pol bilan boks bo'yicha WBA kamari sohibi Jervonta Devis o'rtasidagi ko'rgazmali jangni tashkil qilayotgan Most Valuable Promotions promouterlik kompaniyasi bo'lajak jang qoidalarini elon qildi.
Jang 195 funtgacha (88,5 kg) vazn toifasida o'tkaziladi va 10 ta uch daqiqalik raunddan iborat formatda bo'ladi. Agar jang to'liq davom etsa, g'olibni uch nafar hakam bahosiga ko'ra aniqlanadi. Ishtirokchilar 12 unciyali perchatkalardan foydalanadilar.
Malumot uchun, ushbu jang 14 noyabr kuni Floridada tashkil etiladi.
Havola :
Manba : Most Valuable Promotions
Fikrlar