07 iyu 09:40
Yangiliklar
Jeyk Polning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
Bu haqda promouter Eddi Xirn xabar berdi. Jeyk 13 avgust kuni Tommi Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi.
"Jeyk Pol 13 avgust kuni Tommi Fyuriga qarshi jang o'tkazishini eshitdim. Pol — g'aroyib yigit. Lekin uning boks uchun qilayotgan ishlari meni hayratga solyapti. Men u bilan Amanda Serrano va Keti Teylor jangini tashkil etishda hamkorlik qilgandim. O'shanda jarayon juda quvnoq o'tgan edi. Eng muhimi, u o'z ustidan ishlashdan bir soniyaga ham to'xtamaydi.", — deya Xirnning so'zlarini keltirdi talkSPORT.
Eslatib o'tamiz, Jeyk Pol akasi Logan Polga havas qilib, 2020 yilda boks janglarini o'tkazishni boshlagan. O'zining ilk jangida u bloger Ali Eson Gibni nokaut evaziga mag'lub etgandi. Ikkinchi jangida basketbolchi Neyt Robinsondan ustun keldi. 2021 yilning 17 aprel kuni Pol 36 yoshli sobiq Bellator chempioni Ben Askrenni birinchi raundda nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. SHundan so'ng Jeyk ikki bor Tayron Vudlidan ustun keldi. Hozir uning hisobida professional boksda 5 ta g'alaba (4 ta nokaut) bor.
Fikrlar