04 noy 14:56
Yangiliklar
Tennis
Jokovich Parij "Masters" 1/2 finalida, u noqulay raqibini engdi
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich Parij "Masters" turniri bosh sovrinini ko'zlamoqda.
Serbiyalik tennischi chorak final bahsida ATP reytingida ettinchi pog'onadan joy olgan daniyalik Xolger Runeni uch set natijasiga ko'ra qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 6/7(3), 6/4. Novak tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini tikladi - 2:2.
Ikki soatu 49 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 10, Rune esa 8 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolarga 4 ga 3, breyklar esa 3 ga 1 ko'rinishida Novak foydasiga bo'ldi. Endi u final chiptasi uchun rossiyalik Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar