23 noy 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA
"Jon Jonsni kutishni istamayman". Aspinall boks jangi o'tkazish istagi haqida gapirdi
UFC'ning og'ir vazndagi vaqtinchalik chempioni Tom Aspinall boks janglarida ishtirok etmoqchiligi haqida gapirdi.
"Boks jangi? Keling buni amalga oshiramiz. Men MMAda faol bo'lmoqchiman. O'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Agar UFC'dan ruxsat bo'lsa shunday jang o'tkazaman. Bu yaxshi g'oya va menga judayam yoqmoqda. Buni amalga oshiraman.
Men faol bo'lishni istayman. Tizzamdagi jarohat sabab bir yil tanaffus bo'ldi. Hozir yaxshi formadaman va shunday ruxda davom etamiz. Jon Jonsni kutishni istamayman. U qaytadimi yoki yo'qmi, kim biladi? Men boshqa davogar bilan jang qilaman yoki bu boks jangi bo'ladi. Bu ajoyib g'oya", - dedi Aspinall.
Havola :
Manba : Fight Disciples
Fikrlar