05 noy 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman Xamzat CHimaev bilan ehtimoliy jangi haqida gapirdi
Yarimo'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman ushbu divizionda shovqin ko'tarayotgan Xamzat CHimaev bilan jang haqida fikr bildirdi.
"Xamzat o'ziga berilgan raqiblarga qarshi ajoyib harakat qildi. Bu darajadagi raqiblar bilan hammasi deyarli aniq. Bizning sportda kimdir tez ko'tariladi, kimdir esa sekin. Menga Xamzatning atrofidagi shov-shuv juda yoqyapti.
O'zimga keladigan bo'lsam, bu sport meni faqat o'ziga xizmat qilishga majbur etmoqda. To'qqiz haftadan beri qizimni ko'rganim yo'q. SHu sabab ham, yana qancha jang qilishimni bilmayman. Agar CHimaev kerakli taklifni qabul qilishga tayyor bo'lsa, unda biz o'tirib, bu haqida gaplashib olishimiz mumkin", - deydi Usman.
Havola :
Manba : ESPN.com
Fikrlar