16 noy 17:38
Yangiliklar

Kambocsos: Teofimo mendan qo'rqadi
«Nazarimda, Teofimo mendan qo'rqadi. Men buni yuzma-yuz uchrashganimizda ko'rdim. Va u mening ko'zlarimdan qanday jangchi ekanligimni ko'rdi. Safarda u imkon qadar tezroq mendan uzoqlashishni xohlardi. U men haqimda gapirishni ham istamaydi.
U men bilan jangni bir raunddayoq o'z foydasiga hal qilishni xohlaydi, lekin u o'ylaganidek bo'lmaydi. Kamina 12 raundga tayyorlandim, bu bolani sindiraman. Uni tezda nokaut qilsam hayron bo'lmang. U bir raund haqida gapiradi - muammo yo'q. To'liq qurollangan holda chiq, men ham shunday qilaman va g'alaba qozonaman.
U katta zarba ostida. Teofimo nima qila olishimni bilmaydi va u o'zining achchiq tajribasidan nafaqat mening tezligim va kuchim, balki chidamliligimni ham o'rganadi. Men bu bolani yo'q qilaman», - dedi Jorj FOX Sports'ga bergan intervyusida.
Fikrlar