14 iyu 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Kambososni mag'lub etgan Xeyni Lomachenkoga "vyzov" tashladi
Xabaringiz bor, Devin Xeyni mutlaq jahon chempionligi uchun kechgan jangda Jorj Kambososni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Boks bo'yicha engil vaznda mutlaq jahon chempioni Devin Xeyni yana bir bor ukrainalik Vasiliy Lomachenkoni jangga chorladi.
"Hozircha Lomachenkoda vaziyat qanday ekanligini bilmaymiz. Unda hammasi yaxshi bo'lishini Yaratgandan so'rayman. Umid qilamanki, u bilan kelgusida jang qilaman. Biz bu jangning o'tkazilishidan xursand bo'lamiz", - dedi Xeyni.
Eslatib o'tamiz, Devin Xeyni Jorj Kambososni mag'lub etganidan so'ng, engil vaznda mutlaq jahon chempioniga aylangan edi.
Malumot uchun, Jorj Kambosos va taniqli promouter Bob Arum Devin Xeynini revansh jangini o'tkazishga chorlashmoqda.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar