14 okt 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Kevin Xolland CHimaev bilan 133 soniya jang qilgani uchun qancha ishlab olgani malum bo'ldi
Amerikalik Kevin Xolland Xamzat CHimaevga qarshi jang uchun qancha pul ishlab topgani oydinlashdi.
Vaziyatdan xabardor manbalarning xabar berishicha, CHimaev bilan oktagonda o'tkazgan 133 soniyada bo'g'ilib erta mag'lubiyatga uchragan Xolland 800 ming dollar ishlab olgan.
Eslatib o'tamiz, 11 sentyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 279 musobaqasida Kevin Xolland Daniel Rodriges bilan jang o'tkazishi kerak edi, biroq yakunda u vazn qila olmagan Xamzat CHimaevga raqiblik qilgan edi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar