02 okt 09:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Kievda yillik WBC Kongressi ish boshladi
Ukraina poytaxti Kiev shahrida Butunjahon boks uyushmasi (WBC)ning yillik Kongressi boshlandi.
Ushbu Kongressda tashkilot bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan barcha mamlakat professional boks federaciyalari rasmiy vakillari, boks olamining eng mashhur insonlari, promouterlar, bokschilar, faxriy mehmonlar ishtirok etyapti.
Tabiiyki, Kongressda tashkilotning bir yillik faoliyati keng muhokama qilinadi. Yangi rejalar tasdiqlanadi, kutilayotgan chempionlik janglari muhokamaga qo'yiladi. WBC Kongressida O'zbekiston nomidan professional boks federaciyasi direktori, xalqaro toifadagi hakam Nabijon Ismanov qatnashyapti.
Havola :
Fikrlar