20 iyu 15:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor qachon oktagonga qaytishni rejalashtirayotganini aytdi
Konor Makgregor UFC 329 turnirida Maks Xolloueyga qarshi jangda olgan jarohati haqida malumot berdi va taxminan qachon qaytishni rejalashtirayotganini bildirdi.
"Yangilik: bu oldingi kross bog'lam va menisk jarohatiga o'xshash holat bo'ldi, faqat bu safar boshqa oyoqda.
O'sha paytda to'qqiz oy ichida qaytib, Brandaoga qarshi jang qilganman. Hozirgi tiklanish tibbiyoti va mashg'ulot usullarini hisobga olsak, kelasi yozgacha qaytishim real maqsad.
Men hozirning o'zida qo'ltiqtayoqsiz yuryapman. Bir necha kun oldin trenajyorda oyoq mashqlarini bemalol bajardim. Bu juda ijobiy holat.
Jangdan beri intizomni maksimal darajada saqlayapman. Balki shu meni yanada og'irroq muammolardan asragandir. Xudoga shukr. Olg'a harakat qilishda davom etamiz. Qo'llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat. Sog'liq — eng katta boylik", — deb yozdi Makgregor.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar