27 noy 13:01
Yangiliklar
Konor Makgregor: "UFC'ning bo'lajak talanti - Bahromjon Ro'ziev, sovg'a uchun raxmat!"
Xabar berganimizdek, Konor Makgregor ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida mashg'ulot olib bormoqda. Hamyurtimiz Bahromjon Ro'ziev ham mashg'ulotlarda sparring sherik sifatida Konorga yordam bermoqda.
Ro'ziev shanba kungi mashg'ulotlar chog'ida Makgregorga o'zbek choponini sovg'a qildi. Konor esa bunga quyidagicha izoh berdi:
"SHanba oqshomida istedodlar jamoasi bilan sparring! Do'stim, UFC'ning bo'lajak talanti Bahromjon Ro'ziev, sizga ananaviy O'zbekiston liboslarini sovg'a qilganingiz uchun rahmat, menga yoqdi! Bu menga Dolche Gabbanani eslatadi! Ish uchun rahmat yigitlar!".
Mish-mishlarga qaraganda, Konor Makgregor faoliyatidagi keyingi jangini 2024 yilning aprel oyida, UFC'ning yubiley, 300-musobaqasida o'tkazadi.
Fikrlar