05 dek 12:37
Yangiliklar
Konor Makgregorda Irlandiya prezidenti bo'lish istagi bor
"Agar ishga kirishsam, mening ehtimoliy raqiblarim: Jerri 78 yoshda, Berdi 75, Enda 74 yoshda. Ularning har biri o'z partiyalarida siyosat bilan uzviy bog'langan. Jamiyatda va uning tashqarisida o'zini mustaqil his qiladi. Bu partiyalar odamlarni boshqarish uchun emas, o'zini nazorat qilish uchun kerak, xolos.
Boshqa tomondan men borman, qolaversa 35 yoshdaman. Yosh, faol va siyosatga yangi qon olib kira olaman. Barchani eshitaman, qo'llab-quvvatlayman, moslashaman. Menda biror partiyaga azolik yoki tarafkashlik yo'q. Bu insonlar doimo jamoatchilik kayfiyati uchun javobgar bo'lishadi.
SHuningdek, pul tikishim ham mumkin. Yo'q, prezident men bo'lmayman, xalq davlatni boshqaradi. Bu men va sizlar bo'lasizlar", - dedi Makgregor.
Fikrlar