03 noy 10:11
Yangiliklar

Konor: "Pore – do'zax jangchisi, men esa Makgregorman"
Aniqrog'i, irlandiyalik jangchi "Tvitter" sahifasida muxlislardan birining shu mavzudagi savoliga javob berdi. Muxlis Konordan uning Porega qarshi bu safargi jangi nechchi raund davom etishini so'ragan.
"Men bu safar yanada tezroq, yani qisqa muddatda g'alaba qozonishga harakat qilaman. Keyin zarbam ham avvalgi jangdan ko'ra kuchliroq beriladi. Pore – do'zax jangchisi, men esa Makgregorman. Men hozir har qachongidan ham yaxshiroq va kuchliroqman! Yanvar oyida oktagonda umuman boshqa Konorni ko'rasizlar", – dedi Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Konor 2014 yilda Porega qarshi o'tkazilgan ilk jangda raqibini birinchi raundda nokautga uchratgan edi. Dastin uchun revansh jangi 23 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar