23 okt 09:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor - Pore jangi engil vaznda bo'ladi!
UFC rahbari Dana Uayt sobiq chempionlar Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasidagi jangni engil vaznda o'tkazishini malum qildi.
“Jang engil vaznda bo'ladi. Men katta pul olib keladigan bahsni hech nimani hal qilmaydigan vaznda o'tkazmoqchi emasman. Ularning har ikkisi ham yarimo'rta vazn reytingida yo'q. Agar ular bu vaznda jang qilsa, engil vazn uchun hech nima bermaydi”,-dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, avvalroq jang yarimo'rta vaznda bo'lishi aytilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar